Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Andijondagi oshxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi oshxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 25 noyabr kuni soat 03:25da Andijon viloyati Buloqboshi tumani “Ismoiliy” mahallasida joylashgan “T.Rajabov” nomli oshxonada yong‘in sodir bo‘lgan.

 Qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib kelgan FVVning 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 03:35da yong‘inni o‘rab olib, soat 04:15da yong‘inni to‘liq bartaraf etdilar.

Ma’lumt uchun, holat yuz bergan joydan Yong‘in o‘chirish qismigacha bo‘lgan masofa tahminan 4 km.ni tashkil etadi.

Yong‘in natijasida oshxonaning 130 kv.m. maydonda shift, tom va maishiy xizmat buyumlari yonib zararlanlan. Yong‘in sababi va moddiy zarari miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Kiritildi: 13:47 25.11.2020. O'qildi: 1688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!