Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Andijondagi maktabda ikki kishi spirt ichib vafot etdi

Andijondagi maktabda ikki kishi spirt ichib vafot etdi

Holat darsdan keyin ovqatlanish jarayonida yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 36-umumta’lim maktabda 4 kishi spirtli ichimlik ichish ortidan halok bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat o‘rganilganda joriy yilning 22 oktyabr kuni 17:00 lar chamasida maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’uli, CHYOT Rahbari, qorovul va bir nafar o‘qituvchi darsdan keyin kechki ovqatlanish jarayonida texnik spirtni iste’mol qilib zaharlangan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, ulardan ikki nafari - direktor o‘rinbosari va qorovul vafot etgan.

Ushbu holatda maktab direktori vazifasidagi F.R (ayol kishi) ishdan so‘ng uyga qaytgan va ushbu jarayonlarda ishtirok etmagan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 20:50 31.10.2025. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!