Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda "tomdan o‘tgan yomg‘ir" fojia bilan tugadi

Andijonda "tomdan o‘tgan yomg‘ir" fojia bilan tugadi

Andijon. 2020 yil 20 aprel kuni soat 12:30 da 53 yoshli K.M., Paxtaobod tumani Sanoat MFY Ittifoq ko‘chasida qo‘shnisi 39 yoshli A.E., bilan yashash xonadoni tom qismidan yomg‘ir suvlari tushayotganligi sababli o‘zaro gap tortishib janjallashib, A.E., g‘isht bo‘lagi bilan K.M., ni urib tan jarohati yetkazgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida bir dona g‘isht bo‘lagi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, K.M. ning tan jaroxati darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, K.M., ga “og‘ir” darajada tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.E., ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:13 21.05.2020. O'qildi: 4033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!