Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda piyozning yangi navi yaratildi

Andijonda piyozning yangi navi yaratildi

Andijon ilmiy-tajriba stansiyasidagi olimlar tomonidan piyozning “Malla” navi yaratildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Hozirda ushbu nav uchun patent olishga hujjatlar topshirilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu nav intensiv usulda yetishtirilayotgani bilan ajralib turadi.

“Yangi piyoz navining urug‘i yerga martning dastlabki o‘n kunligida sepiladi. 15 sotix yer maydoniga 10-12 kilogramm piyoz urug‘i sepiladi, shu maydondan terib olingan piyozboshchalar bir gektar maydonga yetadi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yangi piyoz navining afzalligi shundaki, u odatiy piyozlarga qaraganda bir oy oldin pishib yetiladi.

Shuningdek, ushbu tajriba stansiyasida sarimsoq ham ekilib, yetishtirilmoqda. O‘tgan yil avgustda sarimsoq ekilgan bo‘lib, ushbu mahsulotni joriy yil may oyi boshlarida eksport qilish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 14:33 26.04.2023. O'qildi: 3602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!