Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijonda dahshatli YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

Andijonda dahshatli YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

2019 yil 4 aprel kuni Andijon viloyatining Shaxrixon tumani O‘rta Shaxrixon MFYda yashovchi S.T. Lasetti rusumli avtomashinasini Asaka tumani Sho‘rqishloq mahallasi hududida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqqan va qarshisidan kelayotgan Shaxrixon tumanida yashovchi A.N. boshqaruvidagi Moskvich-412 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, natijada Moskvich-412 avomashinasidagi ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Lasetti haydovchisi va Moskvich-412 avtomashinasining yana bir yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:50 05.04.2019. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!