Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Andijonda 3 ta avtomashina to‘qnashdi. Nega?

Andijonda 3 ta avtomashina to‘qnashdi. Nega?

Joriy yilning 24 iyun kuni soat 14:00 larda, Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, “Navoiy” MFY hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 453 km.da haydovchi 1960 y.t. R.I. “Kobalt” rusumli transport vositasida chapga burilayotgan vaqtida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1991 y.t. A.U. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng, “Neksiya” avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida to‘xtab turgan, haydovchi 1997 y.t. F.X. boshqaruvidagi “Orlando” rusumli transport vositasiga urilgan.

Natijada, “Kobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi R.I. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:50 24.06.2020. O'qildi: 2319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!