Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda 2 ta “Damas” to‘qnashdi

Andijonda 2 ta “Damas” to‘qnashdi

Joriy yilning 11 may kuni soat 10:30 larda, Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, Ko‘prikboshi MFY hududidan o‘tgan 4R avtomobil yo‘lining 136-km.da, «Xo‘jaobod-Nargiz» yo‘nalishida haydovchi 1999 y.t. S.X. «Damas» rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib kelib, oldinda o‘zi bilan bir yo‘nalishda chap tomonga burilayotgan haydovchi 1967 y.t. M.YU. boshqaruvidagi «Damas» rusumli transport vositasiga urilib, ag‘darilgan.

Natijada, haydovchi S.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:04 12.05.2020. O'qildi: 2672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!