Andijon xalqaro aeroporti 1 aprel sanasidan boshlab vaqtincha yopiladi. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov Telegram kanali orqali xabar berdi.
Unga ko‘ra, Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati 23 mart kuni “Andijon xalqaro aeroporti” MCHJni aerodrom qoplamasini rekonstruksiya qilinishi uchun yopilishi va parvozlarni to‘xtatilishi to‘g‘risida buyruq chiqargan. Mazkur buyruqqa asosan, Andijon xalqaro aeroporti joriy yilning 1 aprel sanasidan boshlab, aerodrom qoplamasini rekonstruksiya qilinishi tufayli aviaparvozlar uchun vaqtincha yopiladi.