Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov senator bo‘ldi.
Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev telegram kanalida xabar berdi.
Andijondan senator bo‘lganlar:
1. Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqbayevich, Andijon viloyati hokimi;
2. Alimov Ravshanbek Azadbekovich, Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i;
3. G‘aniyeva Matluba Mahamajanovna, Andijon tumani Orol mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;
4. Iminov Odiljon Karimovich, avvalgi chaqiriqdagi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;
5. Madumarov Tolibjon Abdumalikovich, avvalgi chaqiriqdagi Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;
6. G‘aniyev Akrom To‘lqinovich, “Nil-granit” MCHJ ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.