AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, uning saylovlardagi asosiy raqibi, demokrat Jo Bayden Viskonsin shtatida polisiya tomonidan yaralangan afroamerikalik Jeykob Bleykning oilasi bilan uchrashuvda sanitariya qoidalari me’yorlarini qo‘pol ravishda buzgan.
Payshanba kuni Bayden Bleyk Viskonsinga bir soatga yaqin kelishi bilanoq uning oilasi va ularning advokatlari bilan uchrashdi.
“Ko‘rinmas Jou samolyotdan tushib, hayratda qolgan odamning qo‘lini ushladi (xuddi yaxshi kunlardagidek) va so‘ngra o‘sha qo‘li bilan yuziga va niqobiga tegadi”, – deb yozdi Tramp "Twitter"da va Baydenning Bleykning otasi bilan uchrashuvini tasvirlab berdi.
Tramp raqibining ismlarini Hiden deb yozgan va shu bilan Bayden koronavirus pandemiyasi sharoitida ommaviy tadbirlardan qochishga urinayotganiga ishora qildi.