Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Ana xolos! Pensioner sud orqali "yosharmoqchi"

Ana xolos! Pensioner sud orqali "yosharmoqchi"

Niderlandiyalik pensioner Emil Ratelband sudga noodatiy iltimos bilan murojaat qildi: u pasportda yoshini o‘zgartirmoqchi. 69 yoshli qariya shu tariqa “Tinder” tanishuvlar dasturida “yoshroq bo‘lish”ni istamoqda.

Ta’kidlanishicha, erkak tug‘ilgan sanasini 1949 yil 11 martdan 1969 yil 11 martga o‘zgartirmoqchi.

Ratelband o‘z arizasida hozirgi yoshi sababli ishga kirishda va tanishuvlar sayti orqali munosabatlar o‘rnatishda qiynalayotganini ko‘rsatgan. 

“Men “Tinder”da yoshimni 69 qilib ko‘rsatsam, hech kim menga javob bermayapti. Agar yoshimni 49 qilib ko‘rsatsam, unda mening ko‘rsatkichlarim bilan ancha imtiyozga ega bo‘laman”, deb aytgan erkak. 

U jurnalistlar bilan suhbatda yaxshi jismoniy holatda ekanligini aytgan. Erkak yoshini o‘zgartirish uchun pensiyasidan ham voz kechishga tayyorligini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, Arnem shahri sudi ushbu ish bo‘yicha qarorni bir oy ichida chiqarishi kerak.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 13:52 09.11.2018. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!