Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ana xolos! «Ozodlik haykali» Misrda o‘rnatilishi kerakmidi?

Ana xolos! «Ozodlik haykali» Misrda o‘rnatilishi kerakmidi?

Jahon tarixida «Ozodlik xaykali» alohida o‘rin tutadi. Hozirda bu haykalsiz Amerikani tasavvur qilish qiyin. Ammo bu haykalni o‘rnatish avval Misrga taklif etilganini bilarmidingiz?
Haykal — ona vatan, ya’ni mashala ko‘tarib turgan ayol qiyofasida tasvirlangan. Mash’alnining uzunligi — 8,8 metr.
Boshiga yetti shoxli toj kiydirilgan — bu Amerikani o‘rab turgan yetti dengiz va yetti iqlim, shuningdek qitalarni bildiradi.
Bu yodgorlikning g‘oyasi fransuz ma’rifatchisi Eduar Rene Lefevr De Labule bo‘ladi. G‘oya AQSh fuqarolar urushida demokratik shimolning quldor janub ustidan qozongan g‘alabasidan keyin tug‘ilgan. Eng qizig‘i bu haykalni dastlab Misr podshosi Ismoil Poshshoga Port Said shahrida «Osiyo nuri» nomi bilan o‘rnatish taklif qilishgan. Ammo Misrda mablag‘ yetmaganligi sababli haykal AQShga nasib qiladi. Joyni fuqarolar urushida g‘alaba qozongan shimolliklar armiyasi generali Uilyam Sherman tanlagan.
Bu Fransuz respublikasining Amerikaga tuhfasi edi. Haykal aynan Amerika mustaqilligining yuz yilligigiga bag‘ishlangan.
Ozodlik xaykali — go‘yo butun dunyoga ozodlik, demokratik g‘oyalar, inson xuquqlari tengligi, adolatni tarannum qilib, mash’ala kabi yorug‘ yo‘lni ko‘rsatib turganday.
Mualliflar:
Bosh arxitektor — Gyustav Eyfel
Bosh haykaltarosh (skulptor) Fredrik Ogyust Bartoldi.
O‘rnatilgan joyi — AQSH, Nyu-York shahri, Manxetten tumani, Liberti oroli.
Uzunligi — 93 metr.
Og‘irligi — 178 tonna.
Barpo qilinish davri — 1876-1886 yillar.
Ochilishi — 1886 yil 28 oktyabr.
1924 yildan AQSh milliy yodgorligi, 1984 yildan esa YUNESKO butun jahon merosi sifatida ro‘yxatiga olingan.
Xaykalga ishlatilgan materiallar — beton, granit, temir, mis, oltin.

Kiritildi: 06:30 28.04.2020. O'qildi: 4768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!