Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! Marhum o‘likxonada tirilib, bazmga qaytdi

Ana xolos! Marhum o‘likxonada tirilib, bazmga qaytdi

Polsha janubidagi Semyanovise-Slensk shahridagi o‘likxonalardan birida o‘lgan deb topilgan mast erkak “qayta tirildi”.

Yo‘lovchilar ko‘chada hushidan ketgan odamga e’tibor qaratadilar va shifokorlarni chaqiradilar, deb xabar berdi “patrztu.news” portali. Shifokor kuchli spirtli ichimliklar ichgani sabab erkak vafot etgan deya tashxis qo‘yadi. Natijada 31 yoshli Kshishtof Novakning jasadi mahalliy o‘likxonaga olib ketiladi. Kechasi bino qo‘riqchisi sovitkichdan chiqayotgan turli ovozlarni eshitib qoladi va tekshirib ko‘rish maqsadida uni ochadiyu hayratdan qotib qoladi. Quti ichida yotgan erkak suvuqdan qaltirab, undan issiq adyol berishini so‘rardi. Kameradan chiqqanidan so‘ng erkak to‘g‘ri spirtli ichimliklar ichib shu holatga tushgan bazmga qaytib ketgan. Ammo uni vafot etgan deya tashxis qo‘ygan shifokorni sud jarayoni kutib turibdi.

 

Kiritildi: 09:56 19.09.2018. O'qildi: 2234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!