Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Koronavirus tarqalishida prezident ayblanmoqda

Ana xolos! Koronavirus tarqalishida prezident ayblanmoqda

Janubiy Koreyada prezident impichmenti to‘g‘risidagi petisiya 500 mingdan ziyod imzo to‘pladi, deb yozmoqda «Izvestiya». Prezident Mun Chje In «COVID-19» koronavirusi qo‘zg‘agan kasallik mamlakatda tarqab ketishining oldini olishda no‘noqlik qilganlikda ayblanmoqda.

Ha, bu jiddiy ayblov, shunisiyam borki, Moviy uy, ya’ni mamlakat yetakchisi administrasiyasi saytiga joylangan petisiya 200 mingdan ko‘p ovoz to‘plasa hukumat bir chora ko‘rishi shart. Ayni vaziyatdan kelib chiqilsa, bu ish 4 martdan kechikmasligi kerak.

Petisiyani tuzganlar hukumatdan Xitoy bilan bordi-keldini butunlay to‘xtatishni talab qilishyapti, ularning fikricha, Mun Chje Inni o‘z mamlakati manfaatidan ham ko‘ra XXR bilan aloqalar ko‘proq qiziqtiradi.

Seul avvaliga, xalqaro qonunchilikdan kelib chiqib, xitoyliklarning Janubiy Koreyaga kirishlariga to‘sqinlik qilishdan bosh tortgan, keyin, infeksiya butun Xitoyga tarqagach, faqat Xubeyga borganlarni kiritmaslikka qaror qilgandi.

Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi 24 fevral kuni 7,9 ming nafar harbiyni infeksiya tarqab ketishining oldini olish uchun karantinga jalb qildi. Bir kun ilgari, 23 fevral kuni mamlakat rahbari koronavirusning epidemiyaga aylanish xavfi «qizil» darajasiga oshirilgani haqida bayonot bergandi.


Bugun, 26 fevral kuni berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni1,1 ming nafardan oshgan. Xitoyda bu ko‘rsatkich — 78 190 kishi, boshqa mamlakatlarda — 2929 kishi. Sog‘ayib ketganlar soni — 29 777 kishi, o‘lganlar — 2929 nafar.

Kiritildi: 17:10 26.02.2020. O'qildi: 6612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!