Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ana xolos! It o‘z egasini otib qo‘ydi

A A A
Ana xolos! It o‘z egasini otib qo‘ydi

AQShda juda g‘aroyib hodisa yuz berdi: it birgalikda ovga ketayotgan egasini otib qo‘ydi.

Xabar qilinishicha, Nyu-Meksikalik 74 yoshli ovchi o‘rmonga uchta it bilan ketgan. Uy hayvonlari bilan birgalikda mashinaga chiqqan. Orqa tomonda 3 ta it va bitta qurol bo‘lgan.

Itlardan biri qurolga tegina boshlagan va tasodifan tepkini bosib yuborgan. Otilgan o‘q esa ovchining orqasiga tekkan. Kuchli og‘riqlarga qaramasdan, ovchining o‘zi tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan.

Voqeadan keyin itlar hayvonlar uyiga jo‘natilgan.

Kiritildi: 13:20 06.11.2018. O'qildi: 1421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik