Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Farg‘onada pistolet sotishayotgan ekan

Ana xolos! Farg‘onada pistolet sotishayotgan ekan

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning 7 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida 59 yoshli S.A. bir dona 1954 yilda ishlab chiqarilgan Makarov pistoletini o‘qlarsiz sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Kiritildi: 13:08 13.09.2019. O'qildi: 3860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!