Twitter ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning rasmiy kampaniyasi akkauntini koronavirus haqida yolg‘on ko‘rsatmalar berilgan video tufayli to‘sib qo‘ydi, deya xabar beradi CNN ijtimoiy tarmoq vakiliga tayanib.
Avvalroq, yangi koronavirus haqida yolg‘on ma’lumotlarning tarqalishiga qarshi kurashish va soxta ma’lumotni olib tashlashga qaror qilgan Facebook ushbu videoni Trampning sahifasidan olib tashlagandi.
G‘irt yolg‘on: Trampning koronavirus haqidagi videosi Facebook'dan o‘chirildi
Twitter vakilining so‘zlariga ko‘ra, video "Twitter'ning COVID-19 dezinformasiya qoidalarini buzmoqda". Tvit egasi videoni o‘chirishi kerak, shundan so‘ng "blok" bekor qilinadi.