Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ana xolos! “DIZAYN” jamoasi lisenziyasidan mahrum qilindi

Ana xolos! “DIZAYN” jamoasi lisenziyasidan mahrum qilindi

O‘zbekkonsert davlat muassasasining xabariga ko‘ra, bir qator sabablarga ko‘ra muxlislarga hazil ulashadigan jamoa lisenziyasi bekor qilingan.

“Dizayn” bilan tuzilgan lisenziya bitimlarining talablar va shartlar qo‘pol ravishda buzilganligi ya’ni milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlar orqali qiziqchilik san’atini beobro‘ etib, san’atkor odobiga rioya etmaganligi uchun “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan jamoaga berilgan AY-0035 con lisenziya 2018 yil 11 avgust kunidan bekor qilinadi.

Manba: 7news.uz

Kiritildi: 15:06 12.08.2018. O'qildi: 2900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!