Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! Bollivud afsonasining o‘g‘li va xotini zo‘rlashda ayblandi

Ana xolos! Bollivud afsonasining o‘g‘li va xotini zo‘rlashda ayblandi

Bollivud afsonasi Mitxun Chakrabortining rafiqasi Yogita Bali hamda o‘g‘li Mahakshay zo‘rlashda ayblandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap 2018 yilgi ish haqida ketmoqda. O‘shanda aktyorning o‘g‘li aktrisa Madalsa Sharma bilan to‘yi arafasida zo‘rlashda gumon qilinib hibsga olingan va garov evaziga ozod qilingan. Mahakshayni zo‘rlash hamda firibgarlikda esa u bilan 2015 yilda ishqiy munosbatlarda bo‘lgan sobiq sevgilisi ayblagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mahakshay unga uylanishga va’da bergan.

Yaqinda esa ushbu ish bog‘liq yangi dalillar paydo bo‘ldi. Jabrlanuvchi yana polisiyaga ariza bergan va unda aktyorning o‘g‘lini nafaqat zo‘rlash hamda firibgarlikda, balki o‘ldirish tahdidida ham ayblamoqda. Ism-familiyasi oshkor etilmagan jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, Mahakshay unga ham jismoniy, ham ruhiy azob bergan, homilador bo‘lib qolganida esa bolani oldirib tashlashga majbur qilgan.

Mahakshayning sobiq sevgilisi bo‘lgan voqealarda Yogita Balini ham ayblamoqda. Ta’kidlanishicha, u barcha bo‘lgan hodisadan xabardor bo‘lgan va qizni polisiyadan arizasini qaytarib olishga majburlab, tahdid qilgan.

Kiritildi: 03:00 21.10.2020. O'qildi: 9225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!