Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ana xolos! “AQShni “dahshatli” qasos kutmoqda”

A A A
Ana xolos! “AQShni “dahshatli” qasos kutmoqda”

Avvalroq, 22 sentyabr kuni Eronning Ahvaz shahrida harbiy paradga terakt uyushtirilganligi haqida xabar bergan edik.
 
Bugun, 24 sentyabr kuni Eron Inqilob Gvardiyachilari rahbari o‘rinbosari Xosseyn Salami bu xurujda AQSh hamda Isroilni aybladi hamda yaqin orada Eron “dahshatli” javob qaytarishini malum qildi.   
 
Ahvaz shahridagi terakt natijasida jami 25 kishi halok bo‘lgan bo‘lib, ularning 12 nafari gvardiyachilar bo‘lgan. 60 dan ortiq kishi yaralangan.
 
“Bizning qanday qasos olganimizni ko‘rgansizlar... Bizning javobimiz dahshatli va halokatli bo‘ladi. Nima qilgan bo‘lsangiz, shunga yarasha javob olasizlar”, deb aytib o‘tdi Salami.
 
Eron razvedka vaziri Mahmud Alavi voqeaga aloqador katta hajmdagi malumotlar yig‘ilgani va gumondorlarning barchasi qo‘lga olingani haqida malum qildi.
 
Eronda 24 sentyabr “Milliy motam kuni” deb elon qilindi. Xusizton viloyatida jamoat idoralari, banklar, maktab va universitetlar yopiladi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 13:29 24.09.2018. O'qildi: 2746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik