Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! 80 yoshli kampir karantinni buzdi. Sababi achinarli...

Ana xolos! 80 yoshli kampir karantinni buzdi. Sababi achinarli...

Ispaniyaning Vilyafrank shaharchasida polisiya karantinga rioya qilmagan kampirni to‘xtatdi va uning yonidan giyohvand modda topildi. Bu haqda "The Olive Press" xabar berdi.

Huquqni muhofaza qilish xodimlari ko‘chada yurgan 80 yoshli ayolni to‘xtatib, nega karantinni buzib, uyidan chiqqanini so‘radi. Kampir esa nabiralariga dori olib kelayotganini aytdi. Tekshirilganida esa yonidan giyohvand modda solingan kichkina paketcha topildi.

Polisiya kampirga giyohvand moddalarni saqlash va karantinni buzish ayblovini qo‘yib, hibsga oldi. Ayol esa polisiya xodimlarini haqorat qila boshladi. Unda hech qanday ruhiy muammo aniqlanmagan.

Kiritildi: 19:57 27.03.2020. O'qildi: 4655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!