Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! 5 soniyada nokaut bo‘lgan bokschining keyingi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Ana xolos! 5 soniyada nokaut bo‘lgan bokschining keyingi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

UFC jangchisi Ben Askren keyingi jangini Demian Mayyaga qarshi o‘tkazadi.

Bu haqida Askren o‘z "Instagram" sahifasida ma’lum qildi.
"Ish bitdi! 26 oktyabr kuni biz yer yuzidagi eng kuchli kurashchi kimligni aniqlab olamiz," - deb yozdi Askren.

Ben Askren va Demian Mayya qarama-qarshiligi UFC Fight Night 162 turnirida, 26 oktyabr kuni Singapurda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Askren so‘nggi jangida Xorxe Masvidal bilan to‘qnashgan va 5 soniyada nokautga uchrab, UFC tarixiga eng tez nokaut sifatida kirdi. Bu uning faoliyatidagi dastlabki mag‘lubiyat edi. Uning hisobida 19 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor.

Demian Mayya oktagonda 27 ta g‘alaba erishgan va 9 bor yengilgan.

Kiritildi: 05:30 22.08.2019. O'qildi: 2128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!