Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Amir Temurni taxtdan turg‘izgan zot...

Amir Temurni taxtdan turg‘izgan zot...

Ilm shunday narsaki uni olgan va unga amal qilgan insonni bu dunyoda rohat u dunyoda saodatga erishishiga sabab bo‘ladi.

Islom musulmonlarga ilm olish va taraqqiyot yo‘lida yurishni farz qilgan. Chunki inson shaxsiyatini ilmdan boshqa narsa to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi va taraqqiyotga ham erishtira olmaydi. Ilmga qiziqtirish borasida Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: 

Sen: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘larmidi?!” deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar” (Zumar surasi, 9-oyat). 

Tarixchilarning yozishicha Mirzo Ulug‘bekdan “Siz nega siyosatdan ko‘ra ilmga ko‘proq qiziqqansiz?” – deb so‘raganlarida, shunday javob bergan ekan: “Men ilmning qudratini bobom Amir Temur hazratlaridan bildim. Bir safar bobomning tizzasida o‘tirar edim. Banogoh huzuri muborakka bir kishi kirdi. Bobom shoshib o‘rnidan turdi. Men uning tizzasidan tushib ketdim. Bobom bunga parvo ham qilmasdan, haligi odamni qarshi olishga oshiqdi. Keyin bilsam, o‘sha kishi bobomga bir paytlar ilm o‘rgatgan ustozi ekan. Olimlik martabasi podsholikdan ham ulug‘roq ekanini o‘shanda bilganman. Shunda ko‘nglimda olim bo‘lish havasi uyg‘ongan edi...”

Manbalarda keltirilishicha Mirzo Ulug‘bekning eng ko‘p qilgan duolari va Qur’ondagi uni ruhlantiruvchi oyatlardan biri bu:

“Robbim, ilmimni ziyoda qilgin” (Toha surasi, 114-oyati) bo‘lgan ekan. Duolari mustajob bo‘lganligini bugun bashariyat anglab ularning nomini tarixga muhrladilar.

Alloh taolo O‘zining huzurida olimlar boshqalardan ko‘ra yuqori darajada turishlarini Qur’oni karima ochiq-oydin bayon etgan: “Alloh sizlardan iymon keltirganlarni va ilmga berilganlarning darajalarini ko‘tarur” Mujodala surasi, 11-oyat). 

Allohim bizlarga xayrli va foydali ilm ato et! 

Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi

Kiritildi: 06:00 30.05.2020. O'qildi: 5557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!