Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Amilov“ brendi nomi nega o‘zgargani izohlandi

“Amilov“ brendi nomi nega o‘zgargani izohlandi

Faoliyat boshlaganiga endi bir oy bo‘lgan “Krepers” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasi endi o‘z mahsulotlarini “Crafers“ brendi ostida taqdim etadi.

Bungacha u “Amilov“ brendi ostida mahsulotlar ishlab chiqarayotgan edi. Korxona tomonidan izohlanishicha, brend nomi jahon bozorida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qandolat mahsulotlari o‘rnini mustahkamlash va xorijiy iste’molchilar qalbida munosib o‘rin egallash hamda investorlarning tavsiyalariga muvofiq o‘zgartirilgan.

“Jahon bozorida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendining qandolat mahsulotlari o‘rnini mustahkamlash va xorijiy iste’molchilar qalbida munosib o‘rin egallash hamda investorlarimizning tavsiyalariga muvofiq “Amilov“ brendi “Crafers“ deb o‘zgartirildi. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bundan buyon “Crafers” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlar oldingi mahsulot guruhidagi sifat jihatidan farq qilmaydi. Yana bir muhim jihati, bu mazkur mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan “Krepers” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona nomiga ham to‘g‘ri keladi“, deyiladi korxona rasmiy saytidagi xabarda.

Kiritildi: 12:11 12.11.2018. O'qildi: 6546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!