Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Amerikalik olimlar odam ko‘zining to‘r pardasini sun’iy o‘stirdi

Amerikalik olimlar odam ko‘zining to‘r pardasini sun’iy o‘stirdi

Amerikaning Jonson Xopkins universiteti olimlari sun’iy ravishda odam ko‘zining to‘r pardasini o‘stirdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Biologlar odam ko‘zining bir qismini o‘stirish ustida to‘qqiz oy ishlagan. Bu natija mutaxassislarga rangni ajratishga va kunduzgi ko‘rishni ta’minlashga imkon beruvchi yorug‘lik qabul qiladigan reseptorni o‘rganishga yordam beradi.

Hayvonlar ko‘zining dastlabki tadqiqoti normal ko‘rish qobiliyatining rivojlanishi uchun qalqonsimon bezning tireoid gormoni muhim o‘rin tutishini ko‘rsatgan. Biologlar uni odam ko‘zining o‘stirilayotgan to‘r pardasini oziqlantiruvchi vositaga qo‘shgan va bu fotoreseptorning yetilishiga yordam bergan.

Yaratilgan namuna yorug‘likni to‘liq qabul qiladi ba nerv hujayralariga ma’lumot uzatadi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 08:45 13.10.2018. O'qildi: 1232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!