Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Amerikalik ayol oyog‘i ostidan 3 karatli olmos topdi

A A A
Amerikalik ayol oyog‘i ostidan 3 karatli olmos topdi

Arkanzas shtatining Murfreesboro shahridagi “Olmoslar krateri” milliy bog‘iga sayohat qilish uchun borgan koloradolik ayol oyoqlari ostidan noyob topilmani topdi. Bu haqda “The Bobr Times” xabar bermoqda.

Kimligini sir tutishni xohlagan ayol dastlab topilmani oddiy shisha deb o‘ylagan va uni o‘g‘liga bergan. Ammo sayohatchilar toshni bog‘ xodimlariga ko‘rsatishganida, ular bu olmosning bu yilgi bog‘da topilgan 256 ta qimmatbaho toshning eng yirigi ekanligini ta’kidlashgan.

Alohida qayd etish joizki, “Olmoslar krateri” bu yerdan topilgan barcha qimmatbaho toshlar ularni topgan insonlarga tegishli bo‘lgan dunyodago yagona bog‘ hisoblanadi.

 

Kiritildi: 09:36 05.10.2018. O'qildi: 1576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik