Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Amerikada gen-modifikasiyalangan cho‘chqa buyragi insonga ko‘chirib o‘tkazildi

Amerikada gen-modifikasiyalangan cho‘chqa buyragi insonga ko‘chirib o‘tkazildi

Nyu-Yorkda jarrohlar gen-modifikasiyalangan cho‘chqa buyragini insonga ko‘chirib o‘tkazish operasiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar, a’zo normal ishlamoqda, deb yozadi New York Times.
Operasiyani bajargan Nyu-York transplantologiya instituti direktori Robert Montgomerining so‘zlariga ko‘ra, buyrak - miyasi o‘lgan va sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holatda bo‘lgan insonga ko‘chirilgan. Buyrak ko‘chirib o‘tkazilishi bilanoq ishlay boshladi, deb xabar qilmoqda shifokor.

"Bu juda katta yutuq. Katta muvaffaqiyat. Lekin biz organ ish faoliyati davomiyligi haqida hali ko‘proq bilib olishimiz kerak bo‘ladi", -deydi tadqiqotda ishtirok etgan transplantasiya jarrohligi bo‘yicha olim.
Nashrning yozishicha, agar olimlar cho‘chqalarning insonga ko‘chirib o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan organlarini o‘stirish imkonini topsalar, bu transplantasiyaga navbatda turgan 100 ming nafar amerikaliklar uchun yechim bo‘lib xizmat qiladi. Navbat kutayotganlarning 90 minggi aynan buyrakka muhtoj.
Nashrning qayd etishicha, tadqiqot natijalari hali ekspertlar tomonidan baholanmagan va chop etilmagan.

Kiritildi: 17:23 20.10.2021. O'qildi: 2357 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!