Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi rekord darajada o‘sdi

Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi rekord darajada o‘sdi

6 iyul kungi birja savdolari yakunlariga ko‘ra, Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 8,44 milliard dollarga o‘sib, 211 milliard dollarga yetdi.

Bundan avvalgi maksimal ko‘rsatkich yanvar oyida qayd etilgan. O‘shanda Tesla va SpaceX rahbari Ilon Maskning boyligi 210 milliard dollarga yetgandi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda Maskning boyligi 181 milliard dollargacha kamaygan.

Mart oyining o‘rtalaridan buyon Amazon aksiyalarining qariyb 20 foizga o‘sishi fonida Bezosning boyligi ham o‘smoqda. Agentlikning ta’kidlashicha, bunday o‘sishga Pentagonning 2019 yilda Microsoft bilan tuzgan 10 milliard dollarlik «bulutli» saqlash infratuzilmasini yaratish bo‘yicha shartnomani bekor qilishi haqidagi yangiliklar ham ta’sir ko‘rsatgan.

Kiritildi: 20:35 08.07.2021. O'qildi: 2853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!