Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Amazon AQShda tovarlarni dronlarda yetkazishga ruxsat oldi

Amazon AQShda tovarlarni dronlarda yetkazishga ruxsat oldi

Kompaniyaga shu maqsadda aviatashuvchi maqomi berildi. Unga Part 135 aviatashuvchi sertifikatini Fuqarolik aviasiyasi federal boshqarmasi (FFA) bergan. Bu sertifikat tovarlarni yetkazishda dronlardan foydalana olish uchun kerak hisoblanadi.

Amazon’da ta’kidlanishicha, kompaniya sertifikatni olish uchun dronlar xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha 500dan ko‘proq sinov o‘tkazgan. 

Kompaniya tovarlarni yetkazishning yangi usulini sinashda o‘ziga berilgan yangi maqomdan yaqin orada foydalanishni boshlaydi. Sinovlar o‘tkaziladigan joy va sana ma’lum qilinmagan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, unda butun dunyo bo‘ylab dronlarni sinash markazlari mavjud hamda dronlar sinovlar doirasida bir necha ming soatlik parvozlar amalga oshirgan.

Kompaniya tovarlarni dronlarda yetkazishni ko‘zda tutuvchi Amazon Prime Air loyihasi haqida 2013 yilda e’lon qilgan. Kompaniya bu maqsadda dronlar uchun 60 metrdan 122 metrgacha balandlikda alohida havo yo‘laklari ajratilishini taklif qilgan. Dronlarda yetkazish tizimi kompyuter tizimlari yordamida boshqariladi.

Kiritildi: 10:55 01.09.2020. O'qildi: 1199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!