Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Amaldagi bosh vazir Narendra Modi nimani va’da qilmoqda?

Amaldagi bosh vazir Narendra Modi nimani va’da qilmoqda?

Xabaringiz bor, Hindistonda 19-aprel kuni 44 kun davom etadigan parlament saylovlari boshlandi, unda salkam 1 mlrd saylovchi ishtirok etadi. So‘rovlar bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi hukmron Bharatiya Janata partiyasi g‘alaba qozonishini bashorat qilmoqda, shunday bo‘lsa, Modi ketma-ket uchinchi muddatga qayta saylanishi mumkin. Xo‘sh, amaldagi bosh vazir Narendra Modi xalqqa nimalarni va’da qilmoqda?

Ushbu saylovda Modi o‘z oldiga ulkan maqsad qo‘ydi — 400 o‘rin bilan ko‘pchilikning ovozini qo‘lga kiritish, shundan 370 o‘rin to‘g‘ridan-to‘g‘ri BJP tomonidan, qolganlari esa Milliy demokratik alyans tomonidan nazorat qilinadi.

BJPning saylov kampaniyasi ish o‘rinlari yaratish, qashshoqlikni bartaraf etish va rivojlanish dasturlariga qaratilgan bo‘lib, ayollar, kambag‘allar, yoshlar va fermerlar manfaatlarini ilgari suradi.

Modi Hindistonni global ishlab chiqarish markaziga aylantirmoqchi, infratuzilmani keng ko‘lamli o‘zgartirishni davom ettirmoqchi va 2047 yilgacha energiya mustaqilligiga erishmoqchi, deb yozmoqda CNN.

2023 yilda Hindiston yalpi ichki mahsuloti 3,7 trillion dollarni tashkil etgan holda dunyodagi beshinchi yirik iqtisodiyotga aylandi. Modi uchinchi muddatga saylanishi bilan Hindiston dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyotiga aylanishiga va’da berdi.

Modi, shuningdek, Hindiston BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi bo‘lishini, 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish bo‘yicha tanlovda g‘alaba qozonishini va hind astronavtlari Oyga qo‘nishini istaydi.

BJPning qo‘llab-quvvatlash bazasini hindular tashkil etadi, ular mamlakatda ko‘pchilikni tashkil qiladi — 1,42 milliard aholining 80 foizi.

INDIA alyansi, o‘z navbatida, hukmron partiya ustidan g‘alaba Hindistonning demokratik va dunyoviy tizimini saqlab qolish, uning marginallashgan jamoalari turmush sharoitini yaxshilash, fermerlar uchun narxlar ko‘tarilishini ta’minlash va yoshlar uchun ish o‘rinlarini yaratish uchun zarurligini ta’kidlaydi.

Kiritildi: 04:52 23.04.2024. O'qildi: 1393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!