Evroittifoq rossiyalik oligarxlar Alisher Usmonov va Mixail Fridmandan sanksiyalarni olib tashlashga tayyorlanmoqda — Reuters.
Evropa Ittifoqining 27 davlati elchilari, agar yaqin soatlar ichida YI mamlakatlaridan hech biri qarshi chiqmasa, Usmonov va Fridmanni Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishga kelishib oldi.
Ushbu qaror Rossiyaning minglab boshqa fuqarolari va kompaniyalariga nisbatan cheklovlarni birdaniga uch yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvning bir qismiga aylandi.
Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni bekor qilishni Fransiya, Slovakiya va Lyuksemburg yoqlab chiqqan. Rossiyalik ushbu ikki oligarx 2022 yildan buyon YEI sanksiyalari ro‘yxatida qolmoqda.