Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Zangiota tumanidagi 1 ming 4 ta oilaga 2 milliard 510 million so‘mlik moddiy yordam ajratdi.
Tadbir davomida, Zangiota tumanidagi 1004 ta xonadon yo‘qlangan. Shuningdek, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan.
Avvalroq milliarder Alisher Usmonov Namangandagi oilalarga 12,5 milliard so‘m, Marhamatdagi ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m ajratganini xabar qilgandik.