Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Alisher Usmonov Rossiyada "Yil homiysi" deb topildi

Alisher Usmonov Rossiyada "Yil homiysi" deb topildi

Alisher Usmonov “Russian Creative Awards 2022”da “Yil homiysi” mukofotini oldi. Marosimning hakamlar hay’ati Usmonovning fan, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatdan tashqarida rus madaniyatini targ‘ib qilish va saqlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi.

Mukofot uchun taqdimnomada 2006 yilda u “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasini tashkil etgani, uning maqsadi ushbu sohalardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Rossiya ijodiy sohalarining xorijdagi obro‘sini mustahkamlash ekanligi ta’kidlangan.

“Russian Creative Awards” 10 ta toifa bo‘yicha, jumladan, “Yil odami”, “Yil kashfiyoti”, “Yil voqeasi”, “Yilning ijodiy maydoni”, “Raqamli loyiha”, “Ta’lim loyihasi” va boshqalar bo‘yicha topshiriladi.

Kiritildi: 16:23 02.12.2022. O'qildi: 2317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!