Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Alisher Usmonov nihoyat “Arsenal”dan qutuldi

A A A
Alisher Usmonov nihoyat “Arsenal”dan qutuldi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Arsenal”dagi 30 foiz ulushini klubning asosiy aksioneri Sten Kronkega sotdi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Usmonovning klubdagi hissasi uchun Kronke 550 million funt to‘lagan va klubdagi aksiyalarini 97,09 foizga yetkazib olgan. Kelishuv asosiy aksioner bilan olib borilgan ko‘p yillik mojaroning yakunlanganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Usmonov o‘z vaqtida hissalarini 525 million funtga sotishga rozi bo‘lmagandi. U 2007 yildan beri klub boshqaruvini qo‘lga olish uchun harakat qilgan.

Manba: qalampir.com

 

Kiritildi: 13:37 07.08.2018. O'qildi: 1568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik