Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Alisher Usmonov masalasida Ozarbayjon Fransiyaga bosim o‘tkazmoqda

Alisher Usmonov masalasida Ozarbayjon Fransiyaga bosim o‘tkazmoqda

Evropa Ittifoqi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayotir. OAV xabariga ko‘ra, Ozarbayjon bosimi ostida Fransiya Yevropa Ittifoqining Usmonovga qarshi sanksiyalarini bekor qilishni so‘ragan.

Bu haqda vaziyatdan xabardor bo‘lgan uchta yevropalik diplomat Reuters agentligiga ma’lum qildi.

14 sentyabr kuni Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yangilash muddatini yetti kunga uzaytirdilar. Bunga Usmonovga qarshi sanksiyalar bo‘yicha kelishuv yo‘qligi sabab bo‘ldi. Sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirish uchun barcha 27 ta Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning roziligi talab qilinadi.

Manbalarga ko‘ra, Fransiya 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Usmonovga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilishni talab qilib, Slovakiyaga qo‘shildi. Metall va tog‘-kon magnati Usmonov sanksiyalarni bekor qilish uchun Yevropada bir nechta sud jarayonlarini boshlagan.

Diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon Usmonovdan hibsga olingan ikki fransuz fuqarosi ishida "shantaj" vositasi sifatida foydalanmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Fransiya Boku tashabbusini Qatar va Qozog‘iston qo‘llab-quvvatlaganiga ishonadi. Boshqa mintaqaviy mamlakatlarning bir qancha rahbarlari, shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ilgari Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatidan chiqarishga chaqirgan edi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Ozarbayjon bilan bog‘liq masala bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi.

Kiritildi: 17:05 17.09.2026. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!