Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Alisher Mirzayev «Kapitalbank» rahbari bo‘ldi

A A A
Alisher Mirzayev «Kapitalbank» rahbari bo‘ldi

Hamkorbank rahbarining sobiq o‘rinbosari Alisher Mirzayev «Kapitalbank» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Alisher Anzarovich Mirzayev Kapitalbank boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga. 27 yanvarda aksionerlarning navbatdan tashqari yig‘ilishida bu haqdagi qaror qabul qilindi.

U o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida mazkur lavozimni tark etgan Oleg Kim o‘rnini egalladi.

Alisher Mirzayev (1969 yilda tug‘ilgan) — Toshkent arxitektura va qurilish institutini (1993) va  Toshkent moliya institutini (2000) tamomlagan. 1993 yildan 2018 yilgacha u «Ipak Yo‘li» bankida turli lavozimlarda, shu jumladan rais vazifasini bajaruvchi sifatida ham ishlagan.

2018 yilda u Hamkorbank raisining bankni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi.

2020 yil 17 yanvardan boshlab esa «Kapitalbank» rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Manba: gazeta. uz

Kiritildi: 23:12 27.01.2020. O'qildi: 2064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik