Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Alina Zagitova kumush medal sohibi bo‘ldi

Alina Zagitova kumush medal sohibi bo‘ldi

Kanadaning Vankuver shahrida Figurali uchun bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Alina Zagitova ikkinchi o‘rinni  egalladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Jahon chempionatida yakkaxon uchuvchi ayollar orasida birinchi o‘rinni kutilmaganda yaponiyalik yosh sportchi sportchi Rika Kixira egalladi. Ballar bo‘yicha Rika Kixira 233,12 ball olib yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Alina Zagitova - 226,53 ball va Yelizaveta Tuktamisheva 215,32 ball jamladi.

Olimpiada chempioni Alina Zagitova “kaskadli tulup” nomli elementda xato qilgani uchun bir necha ball yo‘qotgan, shu sabab uning ballari kamaygan. Zagitovaning "Karmen" opera musiqasi asosida tayyorlangan dasturini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Olimpiada chempioni Alina Zagitova “kaskadli tulup” nomli elementda xato qilgani uchun bir necha ball yo‘qotgan, shu sabab uning ballari kamaygan.

Rossiyalik tajribali trener Tatyana Tarasova aytishiga qaraganda, muvaffaqiyatsizlikka sabab esa – sportchining bo‘y o‘sishi bilan bog‘liq. Gap shundaki, Alina Zagitovaning bo‘yi aynan hozir juda tez o‘smoqda. Xususan, Pxenchondagi olimpadadan so‘ng uning bo‘yi 3 smga o‘sgan. Buning oqibatida biroz koordinasiya yo‘qotish – bu tabiiy hol, dedi Tarasova. Tarasova fikriga ko‘ra, Zagitova musobaqalarga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan.

Manba: sputniknews-uz.com

 

Kiritildi: 06:12 10.12.2018. O'qildi: 1676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!