Politico nashrining yozishicha, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Vladimir Zelenskiy bilan birga Donald Tramp bilan muzokaraga borishi mumkin.
Bild nashrining yozishicha, Emmanuel Makron, Fridrix Mers yoki Key Starmer unga Vashingtonga hamrohlik qilishi mumkin.
Finlyandiya prezidenti golfni yaxshi o‘ynaydi. Tramp Finlyandiyaga tashrif buyurganida prezident Stubb bilan golf o‘ynagan va orada ulfatlarcha yaqinlik paydo bo‘lgan. Yevropa yetakchilari shu yaqinlikdan foydalanishmoqchi.