Gollivud aktyori Shon Penn Ukrainaga tashrif buyurib, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Ma’lum qilinishicha, aktyor Ukrainaga tashrif buyurish uchun Oskar taqdirlash marosimini o‘tkazib yuborgan. Marosimda u uchinchi statuetkasini qo‘lga kiritgan edi.
Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda Pennga minnatdorlik bildirib shunday yozdi:
«Sen to‘liq miqyosli urushning birinchi kunidanoq Ukraina bilan birgasan. Bugun ham shunday. Va biz bilamizki, kelajakda ham mamlakatimiz va xalqimiz bilan birga bo‘lasan».