Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ajabo! Dunyoning ikki chekkasida “koronavirus” shaklida do‘l yog‘di

Ajabo! Dunyoning ikki chekkasida “koronavirus” shaklida do‘l yog‘di

Xitoy va Meksikada koronavirus shaklida do‘l yog‘di. Daily mail nashrining yozishicha, Meksikaning shimolidagi Nuevo Leon shtatining hayratga tushgan aholisi ijtimoiy tarmoqlarda muz bo‘laklarining suratlarini joylashtirishdi.

Suratda do‘lda COVID-19ga o‘xshash "tikanlar" borligini ko‘rish mumkin.

Ayniqsa, dindor foylanuvchilar, bunday tabiiy hodisa “dunyo yaratuvchisidan kelgan xabar” bo‘lishi mumkin, deya taxmin qildilar.

Shunga o‘xshash suratlar bilan Xitoyning Sindao shahrida yashovchi Arlene Lee ham o‘rtoqlashdi.

“Kechasi Sindaoda mana shunday do‘l yog‘di!”, - deb yozdi ayol.

O‘z navbatida, Jahon meteorologiya tashkilotining meteorologi va maslahatchisi Joze Migel Vinas bu ko‘rinishdagi do‘l g‘ayrioddiy hodisa emasligini ta’kidladi.

"Bo‘ron paytida do‘l mayda sharsimon shaklda boshlanadi va ustida muz qatlami to‘planadi. Kuchli bo‘ronlar paytida, do‘l yetarlicha kattalashib, parchalanadi, ko‘plari majaqlanib, bir-birlariga qo‘shiladi va shunday muz tikanlarini hosil qilishadi" - deya tushuntirdi meteorolog.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yerga tushgan do‘l ezilgan muz disklari bo‘lib, kuchli zarba yoki turli o‘lchamdagi do‘llarning birlashtirishi natijasida yulduz shakliga olib keladi.


 

Kiritildi: 13:40 20.05.2020. O'qildi: 6473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!