Bugun 15 may, 2026 yil, juma

КИР

Aholiga quvonch ulashgan mo‘’jazgina bekat

A A A
Aholiga quvonch ulashgan mo‘’jazgina bekat

Buyuk Britaniyaning Devon grafligidagi Uelxempton qishlog‘ida noma’lum shaxs qishloq aholisining og‘irini yengil qilish maqsadida noodatiy avtobus bekati qurdi. Bu kabi savob ishdan qishloqliklarning boshi osmonga yetdi. Chunki bekat ko‘p yillar mobaynida tashlandiq holda edi.

Devon grafligi bir qator anana va urf- odatlarning vatani hisoblanadi. Artur Konan Doylning Sherlok Xolmsga bag‘ishlangan asarlari turkumiga kiruvchi Baskervillar iti asaridagi voqealar aynan shu joyda bo‘lib o‘tadi.

Endilikda ushbu bekat orqali qishloqning nomi dunyoga mashhur bo‘ldi. Toshdan qurilgan mo‘’jazgina avtobus bekati xuddi turar-joy binosidagi xonalarni, qadimgi Angliyadagi uylarni yodga soladi. Bu yerda kreslo mavjud, tuvaklarga gullar ekilgan. Xonadagi o‘rindiqlarga yostiqlar qo‘yilgan. Devorga esa kartinalar osib qo‘yilgan. Avtobuslarning bekatga qachon kelishi haqidagi ma’lumot qadimiy usulda ishlangan yog‘och ramkaga joylashtirilgan.
 
Muxbirlarning aytishicha, shu tariqa jahondagi eng shinam avtobus bekati paydo bo‘ldi. Hozircha bu noyob bekat kim tomonidan qurilgani aniq emas. Qishloq ahli noma’lum dizaynerni mahalliy Benksi deb atamoqda va o‘zlariga cheksiz yaxshi kayfiyat sovg‘a qilgani uchun unga minnatdorchilik bildirishmoqda. Bu haqda The Daily Mail gazetasi ma’lum qildi.
 
Manba: gujum.uz
Kiritildi: 23:55 28.12.2018. O'qildi: 1678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!