Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Aholi jon boshiga YAIM: Janubiy Koreya Yaponiyani ortda qoldirdi

Aholi jon boshiga YAIM: Janubiy Koreya Yaponiyani ortda qoldirdi

Janubiy Koreyada aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) 2024 yilda $36 000 dan oshdi, deb xabar berdi Business Korea.

Yarimo‘tkazgichlar qimmatlashishi hamda eksport hajmi oshishi hisobiga ushbu ko‘rsatkichga erishilgan.

2025 yilda mamlakatda aholi jon boshiga YAIM qiymati 37 000 dollardan oshishi kutilyapti va $37 500 qayd etilgan 2021 yilgi ko‘rsatkichga yaqin qoladi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2024 yil oktyabridagi prognozida aholi jon boshiga YAIM Janubiy Koreyada — $36 132, Yaponiyada — $32 859, Tayvanda — $33 234 ga yetishi aytilgandi.

Kiritildi: 12:21 04.02.2025. O'qildi: 1313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!