Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ahmadboydan jabrlanganlarning pullari plastik kartochkaga o‘tkazib berilmoqda

Ahmadboydan jabrlanganlarning pullari plastik kartochkaga o‘tkazib berilmoqda

«Ahmadboy ishi» bo‘yicha MIBga 12 mingta ijro hujjati kelib tushgan, deb xabar bermoqa O‘zA. Bu haqda Toshkent viloyati prokurori ishtirokida OAV vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida MIB viloyat boshqarmasi vakili ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda jabrlangan aholi vakillariga plastik kartochka ochilib, mol-mulk xatlovidan majburiy tarzda undirilgan mablag‘larni ularga o‘tkazish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Matbuot anjumanida, shuningdek, viloyat prokuraturasining 10 oylik faoliyati yuzasidan viloyat prokurori Salom Samadov jurnalistlarga ma’lumot bergan.

Unga ko‘ra, 2019 yil davomida viloyatda 2 153 nafar mansabdor shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, jismoniy va yuridik shaxslar manfaati yo‘lida sudlarga 27,5 milliard so‘mlik 1 479 ta ariza kiritildi, yetkazilgan 3 milliard so‘m zarar ixtiyoriy undirildi, qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 143 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Viloyat prokurori sektori hududida ishchi guruh tomonidan 2019 yil 1 noyabr holatiga 156 631 ta (100 foiz) xonadonlarning oilaviy sharoiti uyma-uy yurish orqali o‘rganilib, 5 639 ta muammolar mavjudligi aniqlangan. Aniqlangan muammolarning 4 668 tasi yoki 82,5 foizi hal etilib, 991 tasini hal etish bo‘yicha tegishli idoralarga topshiriqlar berilgan. Aniqlangan muammoli masalalardan 3 964 tasi qanoatlantirilgan, 704 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Kiritildi: 15:57 02.12.2019. O'qildi: 2697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!