Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

«Ahad Qayum tomoshasi» endi Sirdaryodami?!

«Ahad Qayum tomoshasi» endi Sirdaryodami?!

200 million so‘mdan oshiq narxda sotilgan «zolotoy» avtoraqam — yana sotuvga qo‘yildi!

Avval xabar berganimizdek, Sirdaryoda «rekord» yangilanib, navbatdagi «zolotoy» avtoraqam 20 | 700 OOO ning narxi 200 million so‘mdan oshib ketgandi.

«Sirdaryo Xabarlari»ga xabar berilishicha, mazkur avtoraqam yana takroran sotuvga qo‘yilgan va uning sabablari ochiqlanmadi. Shuningdek, yana bir chiroyli avtoraqam ham takroran sotuvga qo‘yildi. Suratdagi har ikkala chiroyli avtoraqamlarning (20 | 777 ZZZ) va (20 | 700 OOO) boshlang‘ich narxlari 122 million 500 ming so‘mdan boshlanadi va sotuv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avtoraqamlar borasidagi rekord narx Samarqand viloyatida sotilgandi. Ko‘p o‘tmay mazkur avtoraqamni xarid qilganligi aytilayotgan taniqli aktyor, shoir va rejissyor Ahad Qayum uni sotib olganligini ma’lum qilgandi. Biroz vaqt o‘tib yana o‘sha avtoraqam qaytadan sotuvga qo‘yilgandi va bu holat ijtimoiy tarmoqlarda «Ahad Qayum tomoshasi» nomi bilan atalgandi.

Kiritildi: 21:34 27.02.2021. O'qildi: 9600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!