"Zarurat tug‘ilsa, KXSHTdan chiqamiz. Men biz ortga qaytmasligimizni va buni o‘zimiz hal qilishimizni aytgandim", — dedi Nikol Pashinyan.
Ma’lumot uchun, Armaniston KXSHTdagi ishtirokini muzlatib qo‘ygan. U o‘z pozisiyasini KXSHT Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro keskinlashgan paytda Armanistonni himoya qilishda “befarqlik” ko‘rsatgani va Yerevan oldidagi o‘z funksiyalarini bajarmagani bilan izohlagan.
O‘tgan yilning yozida Pashinyan Armaniston, katta ehtimol bilan, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqishini ma’lum qilgan.