Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya va AQSh o‘rtasidagi mavjud xavf-xatar bahosi haqida gapirdi.
TIV rahbari intervyusi RIA Novostida e’lon qilingan.
Fikrimcha, dunyoda hamma shuni yaxshi anglaydiki: ikkita yetakchi yadro derjavalari - Rossiya va AQSh ishtirokidagi qurolli mojaro - insoniyat uchun favqulodda yirik fojiaviy oqibatlarni keltiradi. Yadro urushida g‘oliblar bo‘lishi mumkin emas va bunday urush hech qachon boshlanmasligi kerakligi shubhaga o‘rin qoldirmaydi , - deydi Lavrov.
Diplomatning fikricha, shu bilan birga, bugungi kun haqiqati shundan iboratki: o‘z shaxsiy geosiyosiy ambisiyalariga o‘ralashib qolgan Vashington va uning ittifoqdoshlari o‘z foydasiga o‘zgarmayotgan global voqeliklarga ko‘nikishga tayyor emas. Bu jarayonlarni turli usullar bilan to‘xtatib qolish va tashqi ishlarda avvalgidan ham ko‘ra ko‘proq agressiyaga intilish boisi ham shunda. Qarama-qarshiliklar o‘tkir tus olmoqda, muloqot kanallari muzlatib qo‘yilgan.
Strategik barqarorlik sohasidagi yirik xalqaro kelishuvlarning buzilishi alohida tashvishni keltirib chiqarmoqda. Kuch instrumentlariga tayangan bunday ziddiyatlar liniyasi global xavfsizlik arxitekturasini balansdan chiqishiga va qurollanish bo‘yicha poyga vujudga kelishiga xizmat qilmoqda. Xususan, xato yoki tushunmovchilik tufayli hal qiluvchi qaror qabul qilinishi mumkin bo‘lgan holat yuzaga kelishi ham mumkin.
Biz tabiiyki, milliy manfaatlarni himoya qilish, mamlakat mudofaa qudratini kuchaytirish bo‘yicha zarur choralarni qabul qilyapmiz. Prezident Putin ham bu haqda ko‘p marotaba gapirgan. Shu bilan birga sog‘lom idrok baribir ustun kelishiga umid qilamiz. Chunki, pozisiyalar mos tushmagan taqdirda ham, Rossiya va G‘arb mamlakatlari ko‘psonli chaqiriqlar va zamonaviy tahdidlarga ta’sirchan javoblarni izlashda insoniyat taqdiri oldida birgalikda ulkan mas’uliyatni olib boradilar. Shu bois, g‘arblik yetakchilarni ongli harakatlarni amalga oshirishga, xalqaro huquqqa qat’iy amal qilishga, BMT Nizomiga tayanib ish tutishga chaqiramiz. O‘shanda bu kabi savollarga o‘rin qolmaydi , - deb ta’kidlagan Lavrov.