“Real” rahbariyati Xulen Lopetegiga vaziyatni o‘nglash uchun muhlat berdi.
“Marca” nashrining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis shu oyning 28-sanasigacha ketmasligi aniq. Ammo agar shu kuni “qirollik klubi” “Barselona”ga yutqazsa va peshqadamdan sezilarli darajada ortda qolsa, “Real” rahbariyati Lopetegi bilan xayrlashadi.