Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

"Agar HAMAS qurollanishni to‘xtatmasa, ular shunchaki yo‘q qilinadi"

"Agar HAMAS qurollanishni to‘xtatmasa, ular shunchaki yo‘q qilinadi"

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, harakat vakillari Isroil—Falastin mojarosini tartibga solish bo‘yicha kelishuvning ikkinchi bosqichida qurollardan voz kechishga rozi bo‘lgan.

"Endi HAMAS qurollanishni to‘xtatishi kerak. Ayrimlar bunga shubha bildirmoqda. Ammo HAMAS mazkur shartga rozi bo‘lgan", — dedi Tramp

Tramp, shuningdek, 2025 yil oktabr oyida Falastin va Isroil o‘rtasidagi urushni yakunlaganini eslatib, bu orqali minglab insonlar hayotini saqlab qolganini va Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatishga erishganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, AQSh yetakchisi o‘zining tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlari tufayli kelishuvning birinchi bosqichida HAMAS Isroilga barcha garovga olinganlarni qaytarganini qo‘shimcha qildi.

G‘azo sektori bo‘yicha kelishuv Isroil va HAMAS o‘rtasida 2025 yil 9 oktabrda imzolangan bo‘lib, aynan shu kuni Donald Trampni tinchlik rejasining birinchi bosqichi boshlangan. Mazkur reja doirasida HAMAS barcha garovga olinganlarni ozod qilishga, Isroil esa qo‘shinlarini kelishilgan chegaralargacha olib chiqishga rozi bo‘lgan.

AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 14 yanvar kuni prezident Trapm tomonidan taklif etilgan 20 banddan iborat tinchlik rejasining ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qilgandi.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!