Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Afsonaviy bokschi Feliks Savon hibsga olindi. U balog‘atga yetmagan bolani zo‘rlashda ayblandi!

Afsonaviy bokschi Feliks Savon hibsga olindi.  U balog‘atga yetmagan bolani zo‘rlashda ayblandi!

Boks bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni, kubalik Feliks Savon o‘z yurtida balog‘atga yetmagan bolani zo‘rlashda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda Boxing Scene portaliga iqtibos keltirgan holda Kun.uz xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 51 yoshli sobiq bokschi bir oilaning shikoyatidan keyin hibsga olingan. Ota-onaning ta’kidlashicha, Savon ularning 12 yoshga yetmagan farzandini zo‘rlagan.

Savon 30 sentyabrda hibsga olingan, biroq hukumat bu voqeani ovoza qilishni istamayapti.

Ta’kidlanishicha, bu Savonning birinchi shunday qilmishi emas, hukumat milliy qahramonning sha’niga dog‘ tushirishni istamay, uning avvalgi shunday jinoyatlarini yashirib kelgan.

Savon sport faoliyatini 2001 yilda yakunlagan. U uch marta Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan tarixdagi 3 bokschidan biri hisoblanadi. Bunday natijaga o‘z vaqtida yana bir kubalik bokschi Teofilo Stivenson va vengriyalik Laslo Papp erishgan.

Feliks 91 kg gacha vazn toifasida Barselona (1992), Atlanta (1996) va Sidneydagi (2000) Olimpiadalarda zafar quchgan.

E’tiborlisi, hamyurtimiz Ruslan Chagayev 1997 yilgi jahon chempionatining finalida aynan Savonni mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgandi.

 

Kiritildi: 08:15 10.11.2018. O'qildi: 2250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!