Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Amerikaning nufuzli nashri — The Wall Street Journal tahririyati «2014 yilgi Ebola saboqlarini qo‘llash vaqti keldi» sarlavhali maqolasida Afrikada Ebola virusi yana avj olayotgani va bu vaziyatda AQShning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Maqolada qayd etilishicha, Ebola bilan bog‘liq yangi holatlar Afrikada xavotirlarni kuchaytirmoqda. Mualliflar 2014–2016 yillardagi yirik Ebola epidemiyasi tajribasidan kelib chiqib, xalqaro hamjamiyat, ayniqsa AQSH, kasallik tarqalishining oldini olishda yetakchi rol o‘ynashi lozimligini ta’kidlashgan.

Nashr fikricha, tezkor tashxis, karantin choralari, tibbiy infratuzilmani mustahkamlash va xalqaro hamkorlik Ebolaga qarshi kurashning asosiy omillari hisoblanadi.

Shuningdek, maqolada Afrika davlatlariga tibbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish, epidemiologik nazoratni kuchaytirish hamda virusning chegaralar orqali tarqalishining oldini olish zarurligi qayd etilgan.

WSJ tahririyati xulosasiga ko‘ra, Ebolaga qarshi kurashda vaqtni boy berish yangi global sog‘liqni saqlash inqiroziga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 21:51. O'qildi: 171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!